Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentning qo‘lidan mukofot olgan birinchi bloger

Prezidentning qo‘lidan mukofot olgan birinchi bloger

Bugun, ya’ni 28-dekabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida 2020-yilda davlat mukofotlariga sazovor bo‘lganlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Shahnoza Soatova ham shaxsan Prezidentning qo‘lidan «Shuhrat» medalini qabul qilib oldi.

Bloger Shahnoza kanalida yozishicha, mukofotni topshirayotganda Prezident unga shunday degan:

«Shahnozaxon, ommaviy axborot vositalari va blogerlar juda faolsizlar, yaxshi ketyapsizlar, sizni ularning bir vakili sifatida taqdirladik, sizning qiyofangizda ularni taqdirladik, bo‘shashmanglar».

Shahnoza Soatova ana shu so‘zlar uchun Prezidentga minnatdorchilik bildirgan!

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘zining telegram kanalida Shahnoza Soatova Prezident qo‘lidan mukofot qabul qilib olgan ilk bloger sifatida tarixga kirganligini ta’kidladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring