Prezidentni futbol o‘yinida chalib yiqitganlar unga suiqasd qilish aybi bilan qamaldi
Afrikaning markazida joylashgan Burundi Respublikasida g‘alati hodisa yuz berdi. Hozirda uchinchi muddatga prezidentlikka saylangan Nkurunziza futbol o‘yini paytida raqib o‘yinchilari o‘zini yiqitganliklari uchun futbol tashkilotchilarini qamoqqa oldirdi. Bu xakda «Frans-Press» agentligi xabariga asoslanib «Frans 24» xabar bermokda.
Gap shundaki, prezident Nkurunziza sobiq sport o‘qituvchisi bo‘lib, hozir ham mahalliy futbol klublariga qarshi to‘p surib turadi. 1 mart kuni Burundining shimolida joylashgan Kirembaning futbol jamoasi va prezidentning «Alleluya FK» jamoasi futbol o‘ynaydilar. Tabiiyki, prezident o‘z jamoasi tarkibida to‘p suradi.
O‘yin davomida Kongodan kelgan ikki nafar futbolchi o‘yin davomida prezidentga katta qarshilik ko‘rsatadi. Uning oyog‘iga to‘p tushsa ko‘pollik ishlatib bo‘lsa ham to‘pni olib qo‘yadi, uni gol urishga qo‘ymaydi va hatto bir marta prezidentni qo‘pollik ishlatib yiqitadi ham. O‘yindan so‘ng prezidentga qarashli bo‘lgan Burundi maxsus xizmatlari futbol tashkilotchilaridan ikki nafarini «Prezidentga qarshi suiqasd tashkil qilish» aybi bilan qamoqqa olib ketishadi.
Odatda Burundi prezidenti futbol o‘ynagan paytda o‘yinchilar undan kamida 3 metr uzoqlikda yurishlari kerak va prezidentga yaqinlashishga haqlari yo‘q. Agar prezident gol urmoqchi bo‘lsa, raqib futbolchilari unga xalaqit bermasliklari kerak bo‘ladi. Aytishlaricha, hakamlar raqib o‘yinchilariga «agar prezident gol urmasa, u gol urguncha, kerak bo‘lsa, ertalabgacha o‘ynaysizlar», deb aytib qo‘yar ekanlar.
Burundi prezidenti bilan bog‘liq mazkur qoidalarni burundilik futbolchilar yaxshi bilar ekanlar va milliy chempionat o‘yinlarida ular har doim prezidentga yutqazib berar ekan. Kiremba bilan bo‘lgan o‘yinda esa raqib jamoasida o‘yinga tushgan kongolik futbolchilar Burundi prezidentini tanimas va yozilmagan qoidalardan bexabar bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter