Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident bilan ochiq muloqotga 1500dan ortiq murojaat kelib tushdi — SSV

Prezident bilan ochiq muloqotga 1500dan ortiq murojaat kelib tushdi — SSV

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezidentning tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqoti uchun tashkil etilgan «Sall-markaz»ga 1500 dan ortiq murojaat kelib tushdi.

Shavkat Mirziyoyevning yurtimiz tibbiyot xodimlari bilan «O‘zbekiston tibbiyoti — inson qadri uchun» mavzusida ochiq muloqot o‘tkazishi rejalashtirilgani haqida avvalroq xabar berilgandi.

Mazkur ochiq muloqot doirasida Cog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan maxsus «Sall-markaz» faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

SSV xabariga ko‘ra, «Sall-markaz»ga shu kunga qadar tibbiyot xodimlari va aholi vakillaridan jami 1512 ta murojaat kelib tushdi.

Tibbiyot xodimlari murojaatlarining 783 tasi (80 foizi) o‘z yechimini topgan bo‘lsa, 190 tasi (20 foizi) ijro jarayonida.

Hududlar kesimida tahlil qilinganida, eng ko‘p murojaat Toshkent shahri (158 ta), Qashqadaryo (100 ta) va Farg‘ona (89 ta), Andijon (82 ta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Ko‘tarilgan masalalarni o‘z vaqtida hal etish va bildirilgan takliflarga kompleks yondashish maqsadida murojaatlar:

  • birlamchi tibbiy yordam,
  • shoshilinch va tez tibbiy yordam,
  • ixtisoslashtirilgan markazlar faoliyati,
  • ilm-fan,
  • oliy tibbiy ta’lim,
  • tibbiy-ijtimoiy himoya,
  • farmatsevtika,
  • onalik va bolalikni muhofaza qilish,
  • sanitariya-epidemiologiya xizmati,
  • xususiy tibbiyot,
  • malaka oshirish,
  • sog‘lom turmush tarzi,
  • yuridik xizmat,
  • o‘rta maxsus tibbiy ta’lim,
  • davlat-xususiy sherikchilik kabi qator yo‘nalishlarga ajratilgan.

Misol uchun, shu paytgacha yo‘llangan murojaatlarning 297 tasi sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘iniga, 109 tasi tez tibbiy yordam xizmatiga, 95 tasi ixtisoslashgan markazlar faoliyatiga, 74 tasi ilm-fan yo‘nalishiga daxldor.

Yuqoridagilardan:

  • birlamchi tibbiy yordam xizmati bo‘yicha 204 ta;
  • tez tibbiy yordam xizmati bo‘yicha 80 ta;
  • ixtisoslashgan markazlar faoliyati bo‘yicha 69 ta;
  • ilm-fan yo‘nalishi bo‘yicha 72 ta murojaat o‘z vaqtida hal qilingani ahamiyatlidir.

«Hurmatli tibbiyot xodimlari!

Agar tibbiyot sohasiga oid g‘oya va takliflaringiz bo‘lsa, «Sall-markaz»ning maxsus 1295 raqamiga murojaat qiling.

Eslatib o‘tamiz, murojaatlarning aksariyati «Sall-markaz»ga biriktirilgan mutaxassislar  tomonidan hal qilinsa, bir qismi tibbiyot xodimlari bilan bo‘ladigan ochiq muloqotda  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkaziladi», deyiladi SSV xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring