Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentdan so‘ralgan choyxona qurib beriladigan bo‘ldi

Prezidentdan so‘ralgan choyxona qurib beriladigan bo‘ldi

Foto: Prezident matbuot xizmati

2021 yil 23 noyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Shayxontohur tumaniga tashrifi davomida ko‘p qavatli uyda istiqomat qiluvchi 93 yoshli otaxon bilan suhbatlashgandi. Suhbat davomida otaxon mahallada kichikroq choyxona qurib berishlarini iltimos qilgandi.

«Bo‘ldi, sizning aytgan gaplaringiz uchun o‘zim bir chiroyligina choyxona qilib beraman», — degandi davlat rahbari.

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Shayxontohur tumanidagi «Gulobod» mahallasida «otalar choyxonasi», savdo va xizmat ko‘rsatish ob’yektlari, sport maydonchalarini barpo etish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Ob’yektda qurilish ishlarini olib borish bo‘yicha buyurtmachi etib Toshkent shahar hokimligining «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi belgilandi.

Ob’yektni loyihalashtirish va qurish ishlari uchun talab etiladigan mablag‘larni Toshkent shahar mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan ajratish rejalashtirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring