Prezident «yashil energiya» bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko‘paytirish bo‘yicha 2024 yil uchun ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazmoqda.
Tahlillarga ko‘ra, yurtimizda quyosh va shamol energiyasi salohiyati elektrga bo‘lgan hozirgi ehtiyojni 10-12 barobar ortig‘i bilan qoplashga yetarli ekani ta’kidlandi.
Shunday ulkan imkoniyatni ishga solish masalasiga ancha yillar davomida e’tibor berilmay kelingani, lekin so‘nggi yillarda bu sohada huquqiy baza yaratilgani tufayli investorlar uchun jozibador muhit shakllangani qayd etildi.
«Yashil energiya» manbalarini barpo qilish bo‘yicha yurtimizda katta dasturlar boshlandi. Bugungi kunga qadar sohaga 2,1 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kirib keldi, yana 13 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter