Prezidentning yangi qarori e’lon qilindi

«Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–142-son, 25.02.2022-y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston hamda Pokiston Hukumatlari o‘rtasida tranzit savdosi to‘g‘risidagi bitim (2021-yil 15-iyulda Toshkent shahrida imzolangan) tasdiqlandi.
Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Transport vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organlar etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter