Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident «Yangi O‘zbekiston» bog‘idagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi (foto)

Prezident «Yangi O‘zbekiston» bog‘idagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi (foto)

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-avgust kuni «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Bog‘da manzarali daraxtlar va gullar ekilib, so‘lim hududlar barpo etilmoqda. Bayram tadbirlari o‘tkazish uchun 5 ming o‘rinli ochiq amfiteatr qurilmoqda.

Davlatimiz rahbariga ushbu amfiteatrda bo‘lajak qulayliklar haqida ma’lumot berildi.

«Istiqlol» majmuasining asosi tiklanib, qurish va pardozlash ishlari davom ettirilmoqda. Unda O‘zbekistonning 3 ming yillik tarixi, ajdodlarimizning buyuk merosi, xalqimizning milliy qadriyatlari o‘z ifodasini topadi.

Davlatimiz rahbari ushbu majmuadan o‘rin oladigan barelef va bezak namunalari bilan tanishdi. Mutasaddi va quruvchilarga o‘z tavsiyalarini berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring