Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident vazifalarni belgilab berdi

Prezident vazifalarni belgilab berdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident huzuridagi yig‘ilishda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish va sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni muhokama qilinayotgani haqida xabar berilgandi.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning qayd etishicha, yig‘ilishda davlatimiz rahbari O‘zbekistonda muqobil energetikani rivojlantirish sohasidagi vazifalarni belgilab bergan:

  • 2026 yilga qadar quyosh va shamol elektr stansiyalari umumiy quvvatini 8 ming megavattga yetkazish zarur (avvalgi rejada 8 ming megavatt quvvatni 2030 yilgacha barpo etish belgilangan edi);
  • yirik sanoat korxonalari ham o‘z energiya ta’minoti bo‘yicha qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tashkil etishi uchun zarur sharoitlar yaratish kerak. Huddi shunday, aholi va tadbirkorlarni qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanishini qo‘llab-quvvatlash lozim;
  • kelgusi besh yilda 8 ming megavattli quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurishda qariyb 6 milliard dollarlik butlovchi qism va materiallar xarid qilinadi. Shu munosabat bilan ularni mahalliylashtirish choralarini ko‘rish lozim;
  • barpo etiladigan elektr stansiyalariga 1 ming nafardan ziyod muhandis va qariyb 3 ming nafar o‘rta bo‘g‘in mutaxassislari talab etiladi. Shuning uchun yil yakuniga qadar Navoiyda qayta tiklanuvchi energiya sohasida kadrlar tayyorlash markazi ishga tushiriladi. Navoiy, Sirdaryodagi o‘quv markazlarida xalqaro standartlar asosida yiliga 200 nafar malakali mutaxassis tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

Ayni paytda mutasaddilar yig‘ilish mavzusi yuzasidan axborot bermoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring