Prezident Uychi tuman hokimi va sektor rahbarlarini ishdan olish bo‘yicha topshiriq berdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Namangan viloyat faollar yig‘ilishida ishtirok etmoqda. Davlat rahbari yig‘ilish davomida Uychi tuman hokimi Muhammadayubxo‘ja Apaqov va sektor rahbarlarini ishdan olish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda Xabar.uz muxbiri ma’lum qildi.
Bunga sabab sifatida mahallabay ishlashda yo‘lga qo‘yilgan xato va kamchiliklar, islohotlarni amalga oshirishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilgani ko‘rsatib o‘tildi.
Lavozimidan ozod qilingan mutasaddilarning ish faoliyati taftish qilinib, javobgarlikka tortilishi masalasi ko‘rib chiqiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter