Prezident ushbu haftada aholining daromad manbalarini ko‘paytirish yuzasidan videoselektor o‘tkazadi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda boshlangan haftada prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida rejalashtirilgan tadbirlar haqida ma’lumot berildi.
Qayd etilishicha, bu haftada Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida gidrotexnik inshootlarni modernizatsiya qilish bo‘yicha yig‘ilish, tabiiy va aniq fanlar hamda axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirish to‘g‘risida taqdimot, hududlarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda aholining doimiy daromad manbalarini ko‘paytirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter