Prezident Turizm qo‘mitasi va «O‘zbekipaksanoat»ga yangi vazifa topshirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Marg‘ilondagi Hunarmandlar markazini borib ko‘rgani xabar berilgan edi.
Ushbu tashrifdan so‘ng, bir qator rasmiylar OAV vakillariga intervyu berishdi.
Jumladan, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovning ta’kidlashicha, prezident qo‘mita va «O‘zbekipaksanoat»ga bir qancha yangi vazifalar yuklagan.
Jumladan, ushbu ikki tashkilot mamlakatimiz hunarmandlari ishlab chiqargan mahsulotlar eksportini ta’minlash vazifasi topshirilgan.
«Endi hunarmandchiilk mahsulotlarini sotish uchun chet ellarda turli do‘konlar tashkil etamiz, yoki turistlarni bu yerga olib kelamiz. Ya’ni yaxshi ma’noda ularni o‘z bozorimizga tortishimiz kerak.
Shuningdek, prezidentimiz bunday hunarmandchilik markazlarini respublika bo‘yicha ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berdilar. Bu yerda nafaqat ishlab chiqarish, savdo, kerak bo‘lsa kichkina muzey ham tashkil etilgan.
Markazda eng zamonaviy to‘lov vositalari o‘rnatilgan»-, deydi Abduhakimov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter