Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident sovuq havo ta’sirini betalafot o‘tkazish topshirig‘ini berdi

Prezident sovuq havo ta’sirini betalafot o‘tkazish topshirig‘ini berdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Asosiy masalaga o‘tishdan avval davlatimiz rahbari mamlakatimizga kirib kelgan sovuq havo ta’sirini betalafot o‘tkazish choralariga to‘xtalib o‘tdi.

Barcha tuman va hududlarda tashkil etilgan shtablar uzluksiz ishlashi kerakligi, aholi ehtiyojlari tezkor hal etib borilishi shartligi ta’kidlandi.

Ijtimoiy soha ob’yektlarini energiya va issiqlik bilan ta’minlashni alohida nazoratga olish zarurligi qayd etildi.

Barcha darajadagi hokimlarga tegishli idora va tashkilotlar bilan birgalikda yo‘llarni tozalash ishlarini tashkil etish, transport vositalarining xavfsiz harakatini ta’minlash topshirildi.

Barcha serqatnov yo‘nalishlarda jamoat transportining uzluksiz harakati ta’minlanishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Vazirlar Mahkamasi rahbariyati oldiga har bir viloyat, tuman va shahardagi ahvol bo‘yicha kunlik nazorat o‘rnatib, joylardagi muammolarni tezkor bartaraf etish vazifasi qo‘yildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring