Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident: Shu yilning o‘zida yana 50 mingga yaqin oila uy-joy bilan ta’minlanadi

Prezident: Shu yilning o‘zida yana 50 mingga yaqin oila uy-joy bilan ta’minlanadi

«Yangi O‘zbekiston» bog‘ida davlatimiz mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri davom etmoqda.

Tantanali tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aholini uy-joy bilan ta’minlash borasidagi ishlarga to‘xtalib o‘tdi.

– Aholini uy-joy bilan ta’minlash masalasi ham biz uchun ustuvor vazifa bo‘lib kelmoqda. 2017-2020-yillar davomida 140 mingdan ziyod arzon va sifatli uy-joylar bunyod etildi. Ushbu ko‘rsatkich 2016-yilga nisbatan qariyb 11 baravarga oshdi. Respublikamizda ipoteka tizimi izchil rivojlanmoqda.

Shuni ta’kidlash zarurki, yurtimizda ilgari hech qachon bunday katta ko‘lamdagi qurilish ishlari amalga oshirilmagan. Og‘ir turmush sharoitida yashayotgan oilalarning uy-joy bo‘yicha boshlang‘ich badallari davlat budjeti hisobidan to‘lab berilmoqda.

Bu yo‘nalishdagi ishlarimiz davom ettiriladi, shu yilning o‘zida yana 50 mingga yaqin oila uy-joy bilan ta’minlanadi, – dedi davlatimiz rahbari.

Tantanali bayram tadbiri davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring