Prezident qarori e’lon qilindi
«Abu Rayhon Beruniy nomidagi YuNESKO – O‘zbekiston xalqaro mukofotini ta’sis etishni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilindi.
Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qarorga muvofiq, YuNESKO bilan hamkorlikda Abu Rayhon Beruniy nomidagi YuNESKO – O‘zbekiston xalqaro mukofotini ta’sis etish hamda Parij shahridagi YuNESKO bosh qarorgohida 2023-yil 4–8-sentyabr kunlari Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan xalqaro ko‘rgazma va tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter