Prezident qarori bilan xalqaro shartnoma tasdiqlandi
«Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–369-son, 06.09.2022-y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston hamda Ozarbayjon Respublikasi Hukumatlari o‘rtasida sanoat mulkini muhofaza qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
Mazkur Bitim 2022-yil 21-iyun kuni Toshkent shahrida imzolangan.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter