Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident «O‘zavtosanoat»ga yangi vazifa topshirdi

Prezident «O‘zavtosanoat»ga yangi vazifa topshirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev «O‘zavtosanoat» oldiga joriy yilda olib berilishi lozim bo‘lgan mashinalarni o‘z vaqtida ishlab chiqarib, yetkazib berish vazifasini qo‘ygan.

«2022-2025 yillarda tez tibbiy yordam tizimidagi barcha «Damas» va boshqa eskirgan mashinalar zamonaviy avtomobillarga almashtiriladi. Xususan, 2022 yilda 890 ta, 2023 yildan boshlab har yili 450 tadan yangi avtomobil, jumladan, reanimatsiya mashinalari olib beriladi. Barcha tez yordam transportlari navigatsiya tizimiga ulanadi», degan davlat rahbari.

Bu maqsadlar uchun tez tibbiy yordamga budjetdan ajratilayotgan mablag‘larni ochiq-oshkora sarflash tizimi yaratiladi, iqtisod qilingan mablag‘lar transport parkini yangilashga yo‘naltiriladi.

Natijada kelgusi 3 yilda tez tibbiy yordam avtoparki to‘liq yangilanadi va chaqiruvlarga yetib borish vaqti 3 barobarga qisqaradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring