Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Olimlar shaharchasi»ga Toshkent shahridan yer ajratilishi mumkin

«Olimlar shaharchasi»ga Toshkent shahridan yer ajratilishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Olimlar shaharchasi»ga yer maydoni ajratish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining bir qator ilmiy-tadqiqot muassasalarini ko‘chirish, olimlar ehtiyoji va ilm-fan rivoji uchun zarur bo‘lgan barcha zamonaviy shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, shaharcha hududini kengaytirib, institutlar uchun binolar, yangi uy-joylar, maktab, maktabgacha ta’lim muassasasi va dam olish maskanlari qurish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Toshkent viloyati hokimligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining Olimlar shaharchasiga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasiga qarashli Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish texnologiyasi ilmiy-tadqiqot institutining yer maydonini ajratish to‘g‘risidagi takliflari inobatga olinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasiga qarashli Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish texnologiyasi ilmiy-tadqiqot institutining tuproq unimdorligi 85,5 ballni tashkil etuvchi 58,36 gektar yer maydoni Toshkent shahar hokimligiga ajratiladi.

Yerdan foydalanuvchining olib qo‘yilgan yer maydoni o‘rniga teng miqdorda yer maydoni ajratiladi.

Toshkent shahar hokimligiga ajratilayotgan yer maydoni qishloq xo‘jaligi yerlari toifasidagi yerlardan iboratligini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 86 va 87-moddalariga asosan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash hamda qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash, hisoblangan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari mablag‘larini Toshkent viloyati yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasining maxsus hisob raqamiga o‘tkazish, ajratilgan yer maydonlaridan qat’iy ravishda Bosh loyiha rejalari bo‘yicha foydalanish vazifalari yuklatiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring