Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident noruda konlarni auksionga chiqarish topshirig‘ini berdi

Prezident noruda konlarni auksionga chiqarish topshirig‘ini berdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari kelgusi yilda sanoatda 186 ta loyihani amalga oshirib, 15 mingta yangi ish o‘rni yaratish zarurligini ko‘rsatib o‘tdi.

Mutasaddilarga:

- yil yakunigacha har bir tarmoq bo‘yicha 25 tadan mahalliylashtirish loyiha paketini shakllantirish;

- kelgusi yildan 200 nafar tadbirkor bilan kooperatsiya asosida mahsulot ishlab chiqarishni boshlash;

- bir oy muddatda 188 ta yaylovlarda joylashgan noruda konlarni auksionga chiqarish;

- yil yakunigacha 8 ta Yoshlar sanoat zonasi infratuzilmasiga 20 milliard so‘m ajratish;

- Navoiy erkin iqtisodiy zonasida kelgusi yilda 200 million dollar qo‘shimcha investitsiya jalb qilib, 20 mingta ish o‘rni yaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Qishloq xo‘jaligida mahsulot yetishtirishni 2 baravarga oshirib, 100 ming nafar aholini band qilish zarurligi ta’kidlandi.

Nomzod o‘z taqdimotida bu boradagi rejalarini ko‘rsatdi.

Davlatimiz rahbari mutasaddilarga:

- kelgusi yilda Xatirchi, Karmana, Navbahor, Qiziltepa va Nurotadagi 72 ta mahalla atrofidagi 5 ming gektarda suv ta’minotini yaxshilab, uzumzor va mevali bog‘lar barpo etishga 4 million dollar yo‘naltirish;

- kelgusi yilda Konimex, Tomdi va Uchquduq yaylovlarida quduq qazishga 10 milliard so‘m subsidiya ajratish;

- 1,5 ming gektarda yaylov o‘simliklari urug‘chiligi xo‘jaligi hamda 5 ming gektarda kavrak plantatsiyalarini barpo etish;

- dala va yo‘l chetlarida 6 million dona tut ko‘chatini ekish va ipakchilikda 58 ming aholi bandligini ta’minlash;

- kelgusi yilda qorako‘lchilik va qo‘ychilik loyihalariga 20 million dollar ajratish;

- kelgusi yilda 10 million dollar investitsiya hisobidan Karmana va Xatirchida agrologistika markazlarini ishga tushirish;

- 500 ming gektar yaylovlarda yoshlar bandligini ta’minlash dasturini qabul qilish;

- dastur doirasida loyihalarga 15 million dollar hamda quduq qazishga qo‘shimcha 20 milliard so‘m subsidiya ajratishga topshiriq berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring