Prezident mutasaddilardan Imom Buxoriy va Bobur merosini ko‘proq o‘rganishni talab qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyat faollar kengashida qilgan chiqishi davomida Islom dini arkonlari va ajdodlarimiz merosini ko‘proq o‘rganishga chaqirdi.
Islom dini nurga burkangan din. Biz uni bilamizmi? «Bismillahi rahmoni rahim»dan nariga o‘ta olmaymiz. Islom ma’rifati maskanlarini bekorga quryapmizmi, nima uchun o‘qimaymiz?
Imom Buxoriy bobomiz 600 mingta hadisni yoddan bilgan. Biz esa uni o‘qimayapmiz.
Pokiston bosh vaziri Imron Xon janoblari bilan gaplashganimizda bir gapni aytgandi: «Men sizning har bir gapingizni doim ma’qullayman. Chunki siz Bobur avlodisiz. Bizning yerlarimizda davlatchiligini o‘rnatgan insonning avlodisiz. Shu sababli ham siz bilan hisoblashamiz, har bir tashabbusingizni qo‘llab quvvatlaymiz», — degandi.
Nima uchun biz Boburning merosini o‘rganmaymiz. Unga o‘xshab xalqimiz uchun kuyib-yonmaymiz. Har bir hokim va boshqa mutasaddilar dinimiz qadriyatlarini bilishi, ajdodlarimiz merosini o‘rganishi shart, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter