Prezident matbuot kotibining tarjimai holi va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot kotibi Komil Allamjonov 1984-yil 18-sentabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
Prezident matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, uning otasi Ismoil Allamjonovich Shokir-Koriyev VAZ AJda avtoslesar bo‘lib ishlagan. Onasi Gulnora Ashirovna Shokir-Koriyeva Toshkent shahridagi 3-tug‘ruqxonada katta hamshira.
K.Allamjonov O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti (2006-yil) va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (2010-yil) bitiruvchisi.
Uylangan, ikki nafar farzandi bor.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter