Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident markazlar rahbarlarini qat’iy ogohlantirdi

Prezident markazlar rahbarlarini qat’iy ogohlantirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Birinchi masala — tibbiyot sohasi vakillari bilan ochiq muloqotda berilgan topshiriqlar ijrosini aprel oyida tashkil etish.

Davlatimiz rahbari o‘tgan hafta alohida farmoyish imzolanib, 7 ta yo‘nalishdagi 50 ta tadbir va ularning har biri uchun mas’ullar belgilanganini ta’kidladi.

«Xalqimizga aytgan hamma tashabbuslarimiz bo‘yicha qarorlar tez kunlarda qabul qilinadi. 

Lekin, amaliy ijroni bir kun ham kechiktirib bo‘lmaydi.

Shuning uchun, bir oylik amaliy ish tizimiga o‘tamiz. Vazir, ixtisoslashgan markaz rahbarlari va hokimlar o‘zlarining oyma-oy rejasini ishlab chiqib, amalga oshiradi.

Ushbu rahbarlarning aprel oyi uchun ish rejalari bilan tanishib chiqdim.

Qoraqalpog‘iston, Andijon, Surxondaryo hamda Kardiologiya va Xirurgiya markazlari masalaning sal bo‘lsayam ichiga kirgan.

Lekin, qolgan markazlarning ham, hududlarning ham ish rejasi «shablon» ko‘rinishida. Birortasi tuman darajasida nima ish qilishini oldiga vazifa qilib qo‘ymagan», — dedi Prezident.

Prezident mavzuni davom ettirib:

«Misol uchun, Urologiya va Onkologiya markazlari aprel oyida viloyatlarda bor-yo‘g‘i 5 tadan, Akusherlik va ginekologiya markazi esa 15 ta yuqori texnologik operatsiya o‘tkazishni reja qilgan.

Yoki, Ko‘z mikroxirurgiyasi markazi xodimlari har oyda joyiga chiqib 50 tadan operatsiya o‘tkazgani bilan, aprelda hududga borganda atigi 3 nafar mutaxassisning malakasini oshirmoqchi.

Barcha markazlar rahbarlarini qat’iy ogohlantiraman. Agar:

  • o‘zi boshchiligida joylarga chiqib, yangi davolash amaliyotlarini o‘tkazmasa;
  • yuqori texnologik operatsiyalarni hududlarda joriy etmasa;
  • viloyat va tuman mutaxassislarini bunga o‘rgatmasa, o‘zgarish bo‘lmaydi. Odamlarimiz sarson bo‘lib, poytaxtga kelaveradi», dedi.

Shu bois, aprel markazlar rahbarlari uchun chinakam sinov oyi bo‘lishi, masalaning mohiyatiga kirib, o‘z ish faoliyatini o‘zgartirmagan rahbarlarga qat’iy choralar ko‘rilishi ko‘rsatib o‘tildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring