Prezident katta hayotga tayyor bo‘lmagan yosh qizlarni turmushga berish muammosiga to‘xtaldi
Oilaning jamiyatdagi roli va uning ma’naviyatini oshirish dolzarb masalalardan biridir. Yig‘ilishda Prezident shunday dedi:
«Farzand tarbiyasi, kelgusi taqdirida ota-onaning mas’uliyatini oshirishimiz kerak.
Men buni bejiz aytayotganim yo‘q. Chunki hayotda shu bilan bog‘liq jiddiy muammolar saqlanib qolmoqda.
Shu o‘rinda og‘riqli bir savol: nima uchun hali katta hayotga tayyor bo‘lmagan yosh qizlarni turmushga berish holatlari kamaygani yo‘q?
Afsuski, ba’zi onalar qizini imkon qadar tezroq uzatishga harakat qiladi. Farzandining ko‘nglida qanday orzu-istaklari, maqsadlari borligi bilan qiziqmaydi. O‘qigan, kasb-hunari bor ayollarini ishlashiga yo‘l bermayotgan erkaklar ham bor.
O‘z davrida jadid bobolarimiz qizlarni oilaga tayyorlash, ayollarni millat tarbiyachisiga aylantirishga eng muhim masala deb qaraganlar
Buyuk ma’rifatparvar Abdurauf Fitrat: “Farzandlarimizni yaxshi xulq egalari qilib tarbiyalashimiz uchun avvalo, millat onalari tarbiya va ilm olishlari lozim”, deb yozgan edi.
Bu da’vat bugun ham jamiyatning bosh vazifalaridan biri hisoblanadi».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter