Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident farmoni e’lon qilindi

Prezident farmoni e’lon qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, «Saxovat» va «Muruvvat» internat uylari tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ijtimoiy himoya va tibbiy-ijtimoiy yordamning zamonaviy mexanizmlarini amalga oshirishda yangi yondashuvlarni joriy etish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi va uning hududiy bo‘linmalari negizida O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etiladi.

2021-yil 1-apreldan boshlab:

a) «Saxovat» va «Muruvvat» internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatining rahbar va shifokorlar oylik lavozim maoshi 1,5 barobarga;

o‘rta va kichik tibbiyot xodimlari oylik lavozim maoshi 2 barobarga;

boshqa barcha xodimlar oylik lavozim maoshi 1,2 barobarga;

b) Agentlik markaziy apparati xodimlarining oylik lavozim maoshini 1,5 barobarga, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari hamda Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi markaziy apparati va uning hududiy komissiyalari xodimlari oylik lavozim maoshi 1,2 barobarga;

v) «Saxovat» internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatida yashovchi yolg‘iz pensionerlarga shaxsiy sarf-xarajatlari uchun kamida to‘lanadigan oylik pensiya miqdori 10 foizdan 20 foizgacha oshiriladi.

Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-mayga qadar «Saxovat» internat uylari hamda keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylarning har birini sayohatga mo‘ljallangan avtobuslar bilan ta’minlash uchun mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan zarur mablag‘lar ajratiladi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan belgilangan tartibda turoperatorlar va turagentlar bilan shartnoma tuzgan holda muntazam ravishda «Saxovat» internat uylaridagi keksalarning respublikamizdagi diqqatga sazovor joylari va ziyoratgohlarga tashriflarini uyushtiradi.

2021-yil 1-apreldan boshlab Agentlik tizimidagi «Saxovat» va «Muruvvat» internat uylarida yashovchilarning sonidan qat’i nazar 1 nafardan kutubxonachi shtat birligi joriy etiladi.

Mazkur Farmon ijrosi 2021 yil avgust va 2022 yil yanvar oylarida ko‘rib chiqiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring