Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident farmoni bilan ikki vazirlik tashkil qilindi

Prezident farmoni bilan ikki vazirlik tashkil qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati

«Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e’lon qilindi. 

Ushbu farmonga binoan yangi yondashuvlar asosida turizm va sport sohalaridagi boshqaruv sifatini yanada oshirish maqsadida:

Turizm va sport vazirligi negizida:

  • Turizm va madaniy meros vazirligi;
  • Sportni rivojlantirish vazirligi tashkil etilishi hamda bu vazirliklarning yo‘nalishlari belgilandi.

Shuningdek, endilikda Bosh vazir o‘rinbosari – turizm va sport vaziri lavozimi Bosh vazir o‘rinbosari – turizm va madaniy meros vaziri lavozimi etib qayta nomlanadi.

Ushbu farmonning to‘liq matni uza.uz saytida e’lon qilindi.

Avvalroq prezidentning tegishli farmonlari bilan Abduxakimov Aziz Abdukaxarovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Turizm va madaniy meros vaziri lavozimiga, Ikramov Adxam Ilxamovich Sportni rivojlantirish vaziri lavozimiga tayinlangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring