Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Farg‘onada videoselektor yig‘ilishi o‘tkazadi

Prezident Farg‘onada videoselektor yig‘ilishi o‘tkazadi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-28 iyul kunlari Farg‘ona viloyatida bo‘ladi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Davlatimiz rahbari qishloq xo‘jaligi va sanoatda ishga tushirilgan yangi ishlab chiqarish quvvatlari hamda mahallalar hayoti bilan tanishadi. Shuningdek, hududlarning iqtisodiy o‘sishini ta’minlash va aholi farovonligini oshirish uchun joylardagi mavjud salohiyatni ishga solish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring