Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident yetim bolalarni tarbiyalash bo‘yicha muhim qaror qabul qildi

Prezident yetim bolalarni tarbiyalash bo‘yicha muhim qaror qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, quyidagilar nazarda tutilmoqda:

1.  «Mehribonlik» uylari (16  ta, 1  541  nafar bola), Bolalar shaharchalari (4 ta, 236 nafar bola), oilaviy bolalar uylari (5 ta, 46  nafar bola) va Bolalar uylari (13 ta, 506 nafar bola) Milliy gvardiyaga biriktirilmoqda.

2.  Milliy gvardiya tarkibida tarbiya muassasalari faoliyatini tashkil etishga mas’ul bo‘lgan Milliy gvardiya qo‘mondonining o‘rinbosari lavozimi va Jamoat xavfsizligi universitetida yoshlar bilan ijtimoiy ishlash kafedrasi tashkil etilmoqda.

3.  Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari tarkibidan oilaviy bolalar uylari, Bolalar uylariga hamda vasiylikka (homiylikka, patronatga) olingan bolalarga biriktiriladi.

4.  Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning (keyingi o‘rinlarda  –  yetim bolalar) ta’lim va tarbiya jarayonlari va bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish bo‘yicha quyidagilar belgilanmoqda:

a)  hududiy hokimliklar tarbiya muassasalarini sport anjomlari, 20  tadan kompyuter, avtobuslar va boshqa jihozlar bilan ta’minlaydi;
mahalliy budjetlar hisobidan 13,4 mlrd so‘m ajratiladi

b)  «Mehribonlik» uylari va Bolalar shaharchalariga oliy ta’lim muassasalari, bolalar va o‘smirlar sport maktablari biriktiriladi;
Bunda, fakultativ dars, to‘garaklar fan musobaqalari tashkil etiladi va jalb qilingan professor-o‘qituvchilarga qo‘shimcha haq to‘lanadi.

v)  tarbiya muassasalaridagi bolalar uchun yakka kurash, ot sporti, futbol, suzish, tennis, shaxmat kabi sport turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil etiladi;

g)    tarbiya muassasalaridagi bolalar yiliga 2 marotaba mamlakatimizning tarixiy shaharlariga sayohatga olib chiqiladi, shuningdek, tibbiyot muassasalarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi;

d)  Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan tarbiya muassasalari tarbiyachilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi;

ye)  har yili 25 nafar o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyachilari Kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriylarda bepul davolanadi;

j)  Oliy Majlis Senatiga tarbiya muassasalaridagi bolalar muammolarini o‘rganish hamda hal etish bo‘yicha «Mehr daftari» tizimini hayotga tatbiq etish vazifasi yuklatilmoqda.

Bunda, 2021 yil 1 noyabrdan «Mehr daftari»ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari tashkil etiladi;

Jamg‘arma mablag‘lari homiylik, alkogol mahsulotlari ulgurji savdo korxonalari sof tushumining 3 foizi miqdoridagi ajratma (yillik 85  mlrd so‘m) hisobidan shakllantiriladi.
z)  yetim bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» tasdiqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring