Prezident Erkinjon Turdimov va Rustam Xolmurodovga alohida topshiriq berdi
Oliy Majlis Senatining I yalpi majlisida prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z ma’ruzasini davom ettirmoqda.
«Xabar.uz» muxbirining ma’lum qilishicha, davlat rahbari Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov va Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmuradovga 6 oy muddatda mahalliy kengashning nima ekanligini ochib beruvi, saylangan deputatlarning ongini o‘zgartirish, kengash a’zolarining ijro organlariga talabchanligini oshirishga xizmat qiluvchi kitob – metodik qo‘llanma yaratish topshirig‘ini bergan.
Ushbu qo‘llanma viloyatdagi maqbul tuman kengashi misolida joriy qilinib, Samarqand tajribasi sifatida butun respublikaga tatbiq etish lozimligi qayd etilgan.
Shuningdek, prezident mazkur tajriba kengashiga o‘zi ham borishdan mamnun bo‘lishini ta’kidlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter