Prezident bugun Sirdaryo viloyatiga boradi
Bugun, 14 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumaniga tashrif buyurib, aholining yashash sharoitlari bilan tanishadi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Tumandagi mahallalardan birida davlatimiz rahbari raisligida tomorqa va uy xo‘jaliklaridagi imkoniyatlarni to‘liq ishga solish orqali aholi daromadlarini oshirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter