«Prava»ni yangilashdagi uzilishlar bo‘yicha munosabat berildi
Saytimizda 12 avgust kuni e’lon qilingan «Eski «prava»ni yangisiga almashtirish g‘avg‘osi» nomli maqolaga Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi munosabat bildirdi.
Munosabatda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining rasmiy sahifalari orqali Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi serverlarida profilaktika ishlari olib borilayotgani sababli, eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish xizmatidan foydalanishda vaqtinchalik uzilishlar to‘g‘risida xabar berilgani aytilgan. Xabar 11 avgust kuni berilgan.
Ayni paytda Toshkent shahrining Mirobod, Uchtepa, Shayxontohur, Olmazor, Yunusobod, Chilonzor, Yashnobod tumanlaridagi davlat xizmatlari markazlari orqali eski haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasiga almashtirish mumkinligi bildirilgan.
Hozirgi kunda Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi tizimidagi texnik ishlar yakunlanib, real vaqt rejimida mazkur xizmat DXMlar orqali ko‘rsatilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter