Poytaxtning «Daryo bo‘yi» mahallasi yangi qiyofaga kiradi (foto)
Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati Sergeli tumanidagi «Daryo bo‘yi» mahallasida «Obod mahalla» dasturi doirasida olib borilayotgan amaliy ish jarayonlari bilan tanishtirdi.
«Daryo bo‘yi» mahallasida 1178 ta xonadon mavjud bo‘lib, ularda 6670 nafar aholi istiqomat qiladi.
Dastur doirasida aholi yashashi uchun mo‘ljallangan ikki qavatli uylar atrofi tozalanib, betartib o‘sgan daraxt shoxlari tartibga keltirilmoqda. Turur joylarning tomlari, peshtoqlari va yo‘laklarida ta’mirlash ishlari sifatli olib borilmoqda.
Shuningdek, yangi mahalla markazlari binosini barpo etish bo‘yicha harakatlar boshlangan. Unga ko‘ra, yangi binolar yig‘in faollari, profilaktika inspektori, qariyalar dam olish xonasi, kutubxona, kommunal to‘lovlarni qabul qilish shoxobchasini o‘zida birlashtiradi.
Bundan tashqari, uylar atrofida zamonaviy attraksionlar bilan jihozlangan bolalar maydonchalari, qulay o‘rindiq va soyabonlarga ega aholi dam olish joylari, favvoralar, mini-futbol maydonlari aholi uchun beminnat hizmat qiladi.
«Daryo bo‘yi» mahallasi hozirda ulkan qurilish maydoniga aylangan. Yig‘indagi binolarning tom va fasad qismini mukammal va joriy ta’mirlash rejaga kiritilgan. Ayni paytda hududdagi piyodalar yo‘laklariga beton qoplamalar yotqizilib, temir beton ariqlar o‘rnatiladi. Noqonuniy qurilmalar va yakka tartibdagi garajlar buzilib, atrof obodonlashtirilyapti. Mahallada jamoat tartibini saqlash, profilaktika ishlari samaradorligini oshirish maqsadida videokuzatuv kamerasini o‘rnatish rejalashtirilgan.
—Avvallari, bolalarimizni o‘ynatish uchun joy topolmay ovora edik, — deydi mahallada istiqomat qiluvchi Sojida Aliyeva. — Mahallamizda bolalar maydonchalarning qurilishi nafaqat farzandlarimiz, balki biz, onalar uchun ham katta sovg‘a bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter