Poytaxtda yana uch sudlanuvchi turli muddatlarga «kesildi»
Toshkent shahar IIBB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda poytaxt hududida kriminogen vaziyatni yaxshilash yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar ushlangan yana uch shahsga sud jazo tayinladi.
Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati bu haqda ma’lumot berdi.
1. Jumladan,jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudining 15-aprel kunidagi hukmiga bilan 1987- yilda tug‘ilgan Muxamedjanov Azlarxon Botirovich O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «a», «v» bandlari bilan aybli deb topilib, besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
2. Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudining 6-may kunidagi hukmiga ko‘ra, 1993-yilda tug‘ilgan Xolmuradov Sunnatulla Chariyevich O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «ye» bandi bilan aybli deb topilib, yetti yil olti oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
3. Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudining 8-may kunidagi hukmiga ko‘ra, 1993-yilda tug‘ilgan O‘rinov Umidjon Baxtiyor o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b», «v» bandlari, 223-moddasi 2-qismi «b», «v» bandlari bilan aybli deb topilib, olti yil o‘n bir oy yigirma sakkiz kun muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Kuni kecha yana ikki nafar jinoyat olami vakili qamalgani oshkor bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter