Poytaxt hokimligi yo‘l yopilishidan ogohlantirdi
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan suv toshishi holatlarini oldini olish maqsadida ayni kunlarda kollektor-drenaj tizimi quvurlarini yangilash ishlari olib borilmoqda.
30-avgustdan 4-sentyabrga qadar Kichik halqa yo‘li ko‘chasining Beshqayrag‘och ko‘chasi bilan kesishmasining pastki tomonidan Istirohat ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan oralig‘ida joylashgan kollektor quvurlarini ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan Kichik halqa yo‘li ko‘chasining bir qismi (yo‘lning bir tomoni) besh kunga yopiladi.
Haydovchilardan noqulayliklar uchun uzr so‘rab, aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter