Poytaxt hokimi «shest sekund»da kimlarni «gey»ga aylantirmoqchi? (audio)
Ijtimoiy tarmoqlarda yana bir audio tarqadi. Ovozi Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevniki deyilayotgan audio ilonlar po‘st tashlavorguday haqorat, po‘pisa va tajovuzlarga to‘la!
Katta ehtimolki, haqoratu po‘pisalar ommaviy axborot vositalari xodimlariga qaratilgan. Aftidan, amaldor OAVdagi tanqidlardan g‘azabda. Jazavaga tushib aytadiki:
«...Bir hafta oldin meni(ng) zavodim ishlab chiqargan mahsulotlarimni p...dan olib, p...qqa soladi. Monopoliya, «Artel» dabdala deydi». Bir haftadan keyin (10 ming dollar bersang) o‘sha mahsulotni maqtab chiqadi, reklama asosida deydi. Kim o‘zi ular? Oni tvari posledniye (Jirkanch mahluqlar ular). Onaning bolasimi bular, yo itning bolasimi? Prinsipi yo‘q, iflos bedolaga (qashshoq)!»
Ruscha-yu o‘zbekcha aralash-quralash «lutflar»da yana shunday gaplar bor:
«Petuxlar (xo‘rozlar) kelyapti buyerga, hammayoqdan kelib o‘zicha hammani isnodga qo‘yadi. Ya mogu tak sdelat, chto vas v maxalle ne primayut (Men shunday qilishim mumkinki, sizlarni mahallada qabul qilishmaydi). Eto ya smogu (Bu qo‘limdan keladi). Tak mogu sdelat vashi roditeli izdevalis (shunday qilishim mumkinki, ota-onang isnodda qoladi). Ya tak mogu sdelat daje sosedi (shunday qilishim mumkinki, hattoki qo‘shnilaring) ko‘rishganda uyalib qolishi mumkin.
Ya mogu eto sdelat. Chto, mne trudno chto li ob’yavit vas geyem? (Men buni qilishim mumkin. Nima, menga sizlarni gey deb e’lon qilish qiyinmi?) Eto legko! (Bu juda oson) Legko! (Oson) Svoboda slova! (So‘z erkinligi!) Ya za shest sekund vas posaju v odno taksi s geyem, i vsyo! (Men olti soniya ichida sizlarni gey o‘tirgan taksiga o‘tqazaman, bo‘ldi!) Fotografiriyut i vas ob’yavlyayut geyem (Sizlarni fotosuratga olishadi va gey deb e’lon qilishadi).
Yoqadimi rahbarimizga, yoqmaydimi, mening o‘zimning ham xarakterim bor. Ya mogu eto delat (Men qila olaman buni). Shest sekund mogu sdelat! (Olti soniyada qila olaman). Organizovat mogu (Tashkillashtira olaman). Ili somnevayeshsya? (Yoki shubha qilyapsanmi?) Tushuntiroldimmi?!
Ikki-uch kun bittang besabab uydan chiqib ketlaring, yo‘qolib qollaring… Uch kun besabab bittang uydan chiqib ketlaring! Vi xotite etogo? (Sizlar buni istaysizlarmi?) Uch kun yo‘q bo‘lib qolsa, hamma jim-jit! O‘-o‘-o‘, san tirikmisan, hech kim xabar olmaydi, aytib qo‘yay, sani! U yer - bu yerda yozishadi, bir haftadan keyin unutishadi. Bo‘ldi! Qayerdadir cho‘kib o‘lgandurda deyishadi. I vsyo (Bo‘ldi). Hayot shunaqa!»
«Otashin nutq» murosa ohangidagi gaplar bilan yakunlanadi:
«Shuning uchun, luchshe s nami rabotayte (yaxshisi biz bilan ishlanglar). Yesli u vas kakoy-to problema budet pomogite nam, chtobi mi reshili etu problemu (Agar sizlarda qandaydir muammo tug‘ilsa, biz muammoni yechishimizga imkon beringlar)».
Agar ovoz haqiqatda Jahongir Ortiqxo‘jayevniki bo‘lsa, demak, u «haqoratlar poyga»sida Farg‘ona viloyati hokimini ham changda qoldirib ketibdi.
Buni shunchaki qoldirib bo‘lmaydi. Demak, vaziyat huquqni muhofaza qiluvchi organlardan oydinlik kiritishni talab qiladi. Shuningdek, Prezident Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligi ham o‘z munosabatini bildirishi maqsadga muvofiqdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter