Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pomidor nihollari orasiga nasha ekkan surxondaryolik o‘qituvchi fosh etildi

Pomidor nihollari orasiga nasha ekkan surxondaryolik o‘qituvchi fosh etildi

«Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi Chosh mahallasida yashovchi o‘qituvchi Cho‘lli Bepayonov (ism-sharif o‘zgartirildi) 49 yoshida pedagog, degan sharafli kasbiga dog‘ tushirdi. Mahalla ahli va kasbdoshlari oldida yuzi shuvut bo‘ldi», — deb yozadi O‘zA.

Gap shundaki, huquq-tartibot idoralari xodimlari uning yashash uyi va tomarqasini ko‘zdan kechirganida pomidor ekinlari orasida 39 tup nasha giyohvandlik moddasini ekib, parvarishlab kelayotganini aniqladi.

Xabarda aytilishicha, Ch.Bepayonovga nisbatan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring