Po‘lat Bobojonov Rossiya IIVga taklif bilan chiqdi
Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov yaqin kelajakda MDHga a’zo davlatlarning poytaxtlardagi ichki ishlar organlari va politsiya rahbarlari yig‘ilishi kabi formatni yaratishni reja qilmoqda.
Bu haqda bugun, 4-oktyabr kuni Po‘lat Bobojonov O‘zbekistonga tashrif buyurgan Rossiya IIV delegatsiyasi a’zolari bilan uchrashuvda aytgan. Birinchi majlis Toshkent shahrida o‘tkazilishi taklif qilinyapti.
Uchrashuvda Rossiya IIVning Moskva shahri bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i O.Baranov, Rossiya Ichki ishlar vaziri yordamchisi Irina Volk hamda Rossiya IIVning O‘zbekistondagi rasmiy vakili Ye.Fedotov qatnashgan.
Shuningdek, Rossiya delegatsiyasi O‘zbekiston IIV Matbuot xizmati xodimlari uchun mahorat darslari o‘tib bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter