Po‘lat Bobojonov Dubay politsiyasi faoliyati bilan tanishdi
Ayni vaqtda amaliy tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov bugun tashrif dasturi doirasida Dubay shahri politsiyasi rahbari, general-mayor Abdulloh Xalifa Al-Marri bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Uchrashuvda jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida ikki tomonlama hamkorlik o‘rnatish hamda o‘zaro tajriba almashish kabi masalalar atroflicha muhokama qilingan.
So‘ng, Dubay shahri politsiyasi tizimi faoliyati bilan tanishuv amalga oshirildi.
Jumladan, Dubay politsiya tizimida huquqni muhofaza qilish sohasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda har xil turdagi huquqbuzarliklarni oldini olish borasida eng zamonaviy axborot texnologiyalar va dasturiy ta’minotlardan tashkil topgan Elektron politsiya, Xavfsiz va Aqlli shahar tizimlarlari, kuch va vositalarni boshqaruv markazi, kiberjinoyatlarga qarshi kurash markazi hamda Dubay shahridagi turistik ob’yektlar va tashrif buyuruvchi sayyohlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida Dubay shahrida barpo etilgan Aqlli politsiya maskani — Smart police station faoliyatlari bilan tanishildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter