Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pensiyaga chiqqan shifokorlarga o‘z uyida «oilaviy shifokor» faoliyatini yuritishga ruxsat beriladi

Pensiyaga chiqqan shifokorlarga o‘z uyida «oilaviy shifokor» faoliyatini yuritishga ruxsat beriladi

O‘zbekistonda pensiyaga chiqqan shifokorlarga «oilaviy shifokorlik» faoliyatini yuritishga ruxsat beriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv vaqtida ma’lum qildi.

«Har yili 2 mingdan ziyod malakali shifokorlar pensiyaga chiqadi. Kelib tushgan murojaatlarda ularning 60 foizi o‘z faoliyatini davom ettirish istagini bildirgan.

Birlamchi tizim qamrovini kengaytirish va yuklamani kamaytirish maqsadida, biz endilikda bunday tajribali shifokorlarning yakka tartibdagi oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritishiga ruxsat beramiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident tomonidan ta’kidlanishicha, buning uchun:

  • alohida klinika ochish talab etilmaydi, balki bu toifadagi shifokorlar o‘z uyida yoki ijaraga olingan binoda tibbiy xizmatlari ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi;
  • yakka tartibdagi oilaviy shifokorlarga, aholiga bepul ko‘rsatilayotgan xizmatlari uchun to‘lov bosqichma-bosqich Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi orqali beriladi.

Davlat rahbarining ma’lum qilishicha, ushbu tajriba dastlab Sirdaryo viloyatida boshlanadi. Keyinchalik zarur tayyorgarlikni ko‘rib, bosqichma-bosqich barcha hududlarda joriy etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring