Pensiya tayinlashni soddalashtirish bo‘yicha prezident qarori imzolandi

Pensiya tayinlash jarayoni soddalashtiriladi. Bu bo‘yicha tegishli qaror prezident tomonidan imzolangan. Unga ko‘ra:
2022-yil 1-iyuldan boshlab:
- mehnat staji, ish haqi, oliygohda o‘qiganligi va harbiy xizmat davri ma’lumotlari Pensiya jamg‘armasining dasturiy ta’minoti bilan bog‘langan holda «Yagona mehnat milliy tizimi» orqali elektron tarzda olinadi;
- davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolardan mehnat staji, ish haqi, oliygohda o‘qiganligi hamda harbiy xizmat davri to‘g‘risidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi;
- davlat pensiyalarini tayinlash uchun fuqarolardan faqat pasport yoki ID-karta talab etiladi.
2022-yil 1-yanvardan pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarni aholiga yetkazib berish har 3 yilda hududlarda alohida tender asosida tanlangan tijorat banki yoki boshqa ixtisoslashgan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter