Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pensiya oshirilishi haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi

Pensiya oshirilishi haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi

Foto: «Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda pensiya miqdorining ikki barabar oshirilishi haqida xabar tarqaldi. Bu – yolg‘on, deyiladi Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati xabarida.

Pensiya miqdorini qayta hisoblash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon qilingandan so‘ng amalga oshiriladi va bu haqda jamg‘armaning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

«Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bu kabi soxta xabarlarga ishonmaslikni, rasmiy manbalarga tayanib ma’lumot olishni so‘raydi va aholi o‘rtasida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjudligini eslatadi», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring