Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Paxta va g‘alladan qisqartirilgan yer kimlarga beriladi?

Paxta va g‘alladan qisqartirilgan yer kimlarga beriladi?

Foto: «Intercombase.com»

O‘zbekistonda paxta va g‘alladan qisqartirilgan 80 ming gektar yer aholiga bo‘lib beriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor davomida ma’lum qilindi.

— Kelgusi yilda paxta va g‘alladan qisqartiriladigan 80 ming gektar maydonlarni aholiga bo‘lib berish bo‘yicha kuni kecha qarorni imzoladim, — deya ta’kidladi davlat rahbari.

Ta’kidlanishicha, ushbu yerlar aholiga dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun, 10 sotixdan 1 gektargacha 10 yil muddatga, ochiq elektron tanlov o‘tkazish orqali ijaraga beriladi.

— Bunda, asosiy mezon – tomorqadan samarali foydalanish va yaratiladigan ish o‘rinlari bo‘ladi.

Tanlovda, dehqonchilikda tajribasi bor aholi, shuningdek, 3 ta daftarga kirgan oilalar qatnashadi.

Ochiq elektron tanlovda har bir talabgorning hozirgacha o‘z tomorqasidan qanday foydalanayotganiga yangi joriy etilayotgan hokim yordamchilari baho beradi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentning ta’kidlashicha, ushbu yerlarda dehqonchilik qilish uchun, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida sabzavot, poliz va dukkakli ekinlar ekishga 6 oylik imtiyozli davr bilan 2 yilgacha kredit ajratiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring