«Pastdarg‘om yirtqichi» ushlandi (foto)
Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumani markaziga yaqin joylashgan Kichik Nayman mahallasidagi fuqarolarning hovlisidagi qo‘ylar bo‘g‘izlangan holda topilgani va bu qanday yirtqich tomonidan amalga oshirilgani noma’lumligicha qolayotgani, aholi esa qo‘rquvda yashayotgani haqida maqola chop etgandik.
Ushbu maqola yuzasidan «Xabar.uz» tahririyatiga Pastdarg‘om tumani hokimi B.Sadullayev nomidan javob xati keldi.
Unda tumandagi Kichik Naymancha mahallasi hududida tunda fuqarolarga tegishli bo‘lgan qo‘ylar noma’lum yirtqich tomonidan bo‘g‘izlab ketilayotgani rasman tasdiqlangandi.
Shuningdek, yovvoyi yirtqich bilan kurashishni kuchaytirish maqsadida tuman Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markaziga o‘n to‘qqiz million so‘m, tuman veterinariya bo‘limiga o‘n million so‘m dori vositalarini olish uchun tuman hokimligi tomonidan mablag‘ ajratib berilgani aytilgandi.
Bugun, 9-noyabr kuni «Xabar.uz»ga taqdim qilingan foto-xabarga ko‘ra, o‘sha yirtqich, nihoyat ushlangan. Ma’lum qilinishicha, aholi qo‘ylarini bo‘g‘izlangan yirtqich chiyabo‘ri bo‘lib chiqdi. U mahalliy ovchilar tomonidan yo‘q qilingan.
Xo‘sh, yirtqich yolg‘iz o‘zi hujum qilganmidi yoki uning sheriklari ham bormidi? Xavf to‘liq bartaraf etildimi? Bu haqda batafsil «Xabar.uz»da yana ma’lumot beramiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter