Parranda go‘shti eng qimmat hudud — Surxondaryo
Ayni vaqtda Surxondaryo viloyatida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Davlat rahbari viloyatda parrandachilik rivoji juda past ekanini tanqid qildi.
— Parranda go‘shti eng qimmat hudud — Surxondaryo. Nima uchun? Chunki mehnat qilmayapsiz. Andijonda yaylov yo‘q, ammo ular parranda yetishtirishni o‘zlashtirgan. Surxondaryo shuncha imkoniyatlari bilan orqada yurishi uyat emasmi?
Nima uchun viloyatda parrandachilik rivojlanmayapti? Surxondaryoda tuxum yeb, kasal bo‘lganlar yo‘qmi? Yoki tovuq go‘shtidan mazasi bo‘lmay qolganlarchi? Agar sog‘lik uchun zarari bo‘lmasa, nimaga parrandachalikni rivojlantirmayapsiz? — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter