«O‘ztransgaz» vodiy «zapravka»laridagi gaz tanqisligi sababiga oydinlik kiritdi
Avval xabar berganimizdek, bugun Milliy matbuot markazida «O‘ztransgaz» aksiyadorlik jamiyati rahbariyati va mas’ul xodimlari ishtirokida «Aholiga muntazam va uzluksiz gaz mahsulotlarini yetkazib berish borasida belgilangan chora-tadbirlar ijrosi» mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.
Anjumanda ishtirok etgan tashkilot boshqarma boshlig‘i Akmal Eshonqulov «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali muxbirining vodiydagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida yuzaga kelgan tanqislik sabablari haqidagi savoliga javob qaytardi.
Eslatib o‘tamiz, bir qancha vaqt muqaddam vodiydagi AYoQShlarda gaz tanqisligi yuzaga kelgani haqida xabar bergan va uning sabablari bilan ham qiziqqan edik.
«Chunki o‘sha gazning o‘zi yo‘q. Mahsulotni yetkazib berolmayapmiz, beroilayotgan gaz hajmi esa yetarli emas. Shuning uchun vodiyga gaz yetkazish borasida qator muammolar bo‘lyapti.
Qishning sovuq kunlarida, ayniqsa, gaz yetkazib berish qiyinlashadi. Bosimni asta-sekinlik bilan ko‘tarib boramiz», — dedi tashkilot boshqarma boshlig‘i Akmal Eshonqulov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter