«O‘zstandart» aholini kimyoviy xavfga ega shampunlardan ogohlantirdi
«O‘zstandart» agentligi iste’molchilarni jiddiy xavfga ega bo‘lgan shampun va konditsioner mahsulotlaridan ogohlantirdi. Bu haqda agentlik veb-sayti xabar qildi.
Aytilishicha, plastik idishlarga quyilgan Fructis Hair Food shampun va konditsioner mahsuloti turli kimyoviy xavf darajalariga ega ekanligi ta’kidlangan.
Ushbu mahsulotning o‘ziga xos shakli, rangi va ko‘rinishi tufayli, yosh bola yoki zaif kishi uni yegulik deb o‘ylashi mumkin. Agarda mahsulot ichib yuborilsa, sog‘liq uchun jiddiy xavf tug‘diradi.
Chunki mahsulot tarkibida sirtqi-faol, ko‘pik hosil qiluvchi modda bo‘lib, u nafas yo‘llarida ko‘pik hosil qilishi natijasida, kimyoviy pnevmoniyaga olib keladi.
Kimyoviy pnevmoniya bolalar va katta kishilarni o‘lim holatigacha olib kelishi mumkin. Mahsulot oziq-ovqat immitatsiyasi Ko‘rsatmasining talab va qoidalariga javob bermaydi.
Ogohlantiruvchi davlatlar tomonidan tamg‘alanishida mahsulotning zararliligi haqida ogohlantirish choralari ko‘rilgan.
Shuningdek idish sirtida mevalarning tasviri tushirilgani haqida aytib o‘tilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter