«O‘zLiDeP» Yoshlar qanoti 150 nafar uyushmagan yoshni ish bilan ta’minladi
«O‘zLiDeP» Sirdaryo viloyat Kengashi viloyat hokimligi bilan hamkorlikda «Sen ham faol yoshlar safidasan!» loyihasi doirasida «Yoshlar bandligini ta’minlash eng muhim vazifamiz» shiori ostida yoshlar forumini tashkil etdi.
Unda partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi mas’ul xodimlari, partiya viloyat, shahar Kengashi «Yoshlar qanoti» faollari, viloyat hokimligi, viloyat O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, Bandlik, Markaziy bank boshqarmasi mas’ul xodimlari, kasb-hunar kolleji bitiruvchilari hamda uyushmagan yoshlar ishtirok etdi.
Forumda uyushmagan yoshlarni aniqlash, yoshlarni viloyatdagi tadbirkorlik sub’yektlari va fermer xo‘jaliklariga doimiy va mavsumiy mehnatga keng jalb qilish orqali bandligini ta’minlash, o‘z biznesini boshlash istagida yurgan yigit-qizlarning iqtisodiy, huquqiy bilimlarini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
– Forumdan ikki kun oldin Guliston shahridagi mahallalarda bo‘lib, hududdagi uyushmagan yoshlar ro‘yxatini shakllantirgan edik, – deydi «O‘zLiDeP» Sirdaryo viloyat Kengashi yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Husan Jabborov. — Qolaversa, shahardagi yirik tadbirkorlik sub’yektlarini loyiha doirasida tashkil etilayotgan mehnat yarmarkasida ishtirok etishga taklif qilgandik.Sa’y-harakatlarimiz zoye ketmadi, kutgan natijaga erishdik. Forum doirasida tashkil etilganmehnat yarmarkasida 20 yaqin tadbirkorlik sub’yekti o‘zining 350 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi.
Forum yakunda uyushmagan yoshlar hamdakasb-hunar kolleji bitiruvchilaridan 150 nafarigaishga joylashish uchun yo‘llanma berildi va bandligi ta’minlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter