«O‘zkimyosanoat» AJga yangi rahbar tayinlandi
«O‘zkimyosanoat» AJ rahbar kadrlarini lavozimlarga tasdiqlash to‘g‘risida» Hukumat qarori (51-son, 30.01.2020-y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, «O‘zkimyosanoat» AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajarish energetika vazirining birinchi o‘rinbosari – «O‘zatom» agentligi bosh direktori Jo‘rabek Tursunpo‘latovich Mirzamahmudovga yuklatildi.
Shuningdek, «O‘zkimyosanoat» AJ aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining navbatdan tashqari majlisida:
«O‘zkimyosanoat» AJ boshqaruvi raisi Odil Shukurovich Temirovni egallab turgan lavozimidan ozod etib, ushbu jamiyat boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlash;
«O‘zkimyosanoat» AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Yevgeniy Aleksandrovich Korjikovni egallab turgan lavozimidan ozod etib, ushbu jamiyat boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlash;
«O‘zkimyosanoat» AJ boshqaruvi raisining o‘rinbosari Shavkat Radjabaliyevich Nabiyevni boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter