«O‘zingizni asrang» — «O‘zgidromet» navbatdagi prognozni e’lon qildi
Dam olish kunlari juda issiq bo‘ladi, deyiladi ma’lumotda.
Qayd etilishicha, dam olish kunlari mamlakatimiz hududiga Eron hududlaridan juda issiq va quruq havo kirib kelishi davom etadi.
Ushbu kunlarda harorat foni iqlimiy me’yorlardan 5-7 darajaga yuqori bo‘ladi.
Kunduzi havo harorati 40-45 daraja atrofida, janubda va cho‘l zonalarida ba’zi joylarda 47 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda.
«Quyosh urushini oldini olish maqsadida kunning ikkinchi yarmida to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari ostida bo‘lmaslikka harakat qiling! O‘zingizni asrang», deyiladi xabarda.
Respublikaning ayrim joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Qirg‘iziston hududidan Farg‘ona viloyatining tog‘ oldi va tog‘li hududlari bo‘yicha glyasial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter