Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» qachondan issiq qaytib, havo salqinlashishi mumkinligini aytdi

«O‘zgidromet» qachondan issiq qaytib, havo salqinlashishi mumkinligini aytdi

Foto: Xabar.uz

Respublika Gidrometeorologiya xizmati yangi boshlangan hafta uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Bugun va haftaning katta qismida respublika hududlari bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi. Havo harorati kechalari 18-23°, kunduz kunlari 33-38°, bu ushbu davr me’yoridan biroz yuqori bo‘ladi.

Payshanba va juma kunlari Qozog‘iston hududi orqali Ural hududlaridan O‘zbekiston hududiga nisbatan salqin havo kirib keladi. Osmonda bulutlar paydo bo‘ladi, lekin yomg‘ir yog‘ish yehtimoli kam. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Kechalari havo harorati o‘zgarmaydi, kunduz kunlari 30-35° gacha pasayadi va iqlimiy me’yorga yaqinlashadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring