Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» yaqin kunlardagi ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

«O‘zgidromet» yaqin kunlardagi ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

Foto: Xabar.uz

29-30-sentyabr kunlari respublikada biroz beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati bayonotida aytiladi.

29-sentyabr shimol va Buxoro-Navoiy, 30-sentyabr kuni Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand va Farg‘ona vodiy viloyatlarida biroz yog‘ingarchilik bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Joylarda kutilajak yog‘inlar ko‘p emas.

3-oktyabr kuniga qadar respublikaning boshqa hududlarida yog‘ingarchilik kutilmalari mavjud emas.

29-30-sentyabr kunlari ba’zi hududlarda shamol tezligi kuchayib, chang to‘zonlari ko‘tarilishi mumkin.

Harorat fonida ham katta o‘zarishlar yo‘q, oktyabr oyining boshlari uchun me’yoriy iqlimiy muhit bo‘lishi kutilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring