Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zgidromet Turkmanistondagi shamol va qum bo‘roni O‘zbekistonda ham bo‘lishini rad etdi

O‘zgidromet Turkmanistondagi shamol va qum bo‘roni O‘zbekistonda ham bo‘lishini rad etdi

Foto: Xabar.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda Turkmanistonda kuchli shamol va qum bo‘roni kuzatilayotgani va bu hodisa O‘zbekiston hududiga ham tarqalishi to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘lgan edi. O‘zgidromet ushbu xabarga munosabat bildirib, O‘zbekiston hududida qum bo‘roni kutilmayotganini bildiradi.

Avval xabar qilinganidek, 2 may kuni respublikamizda ob-havoning nobarqaror bo‘lishi, yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi va ertalab yomg‘ir, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

Respublika bo‘yicha ayrim joylarda shamolning tezligi kuchayib sekundiga 15-20 metr, shiddat bilan esganda 23-28 metrgacha yetishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring